O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA
"PEPSI - RAMADAN" AKSIYASINI
O‘TKAZISH VA UNDA ISHTIROK ETISH QOIDALARI
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Savdo hajmi oshishini rag‘batlantirishga qaratilgan Aksiya (keyingi o‘rinlarda “Aksiya” deb yuritiladi) Tashkilotchisi “INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT” QK MCHJ hisoblanadi.
1.2. Tashkilotchining manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi, 7-tor, Qumariq MSG, 3-a uy (keyingi o‘rinlarda “Tashkilotchi” deb yuritiladi)
1.3. Aksiya nomi – “Pepsi - Ramadan”
1.4. Aksiya o‘tkaziladigan hudud — O‘zbekiston Respublikasi
1.5. Aksiya o‘tkaziladigan muddat — 01/03/2025 dan 30/04/2025 gacha (keyingi o‘rinlarda “Aksiya o‘tkaziladigan davr” deb yuritiladi)
1.6. 2025-yil 1-mart Toshkent vaqti bilan soat00dan 00daqiqa 00soniya o‘tganidan e‘tiboran,
2025-yil 30-aprel soat 23dan 59daqiqa 59 soniya o‘tguniga qadar (keyingio‘rinlarda “Aksiyada ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish davri” deb
yuritiladi) Aksiya ishtirokchisi bo‘lish mumkin.
1.7. Aksiyada ishtirok etishning rasmiy Qoida va shartlari (keyingi o‘rinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi) https://pepsico.uz (keyingi o‘rinlarda “Sayt” deb yuritiladi) veb-saytiga joylashtiriladi. Shunigdek, ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamidan ham aniqlashtirib olish mumkin: +998 71 200 07 77
1.8. Tashkilotchi Aksiya haqida quyidagi usullar bilan xabardor qiladi::
1.8.1 Ma’lumotni promo-yorliqlarga joylashtirish orqali
1.8.2 Reklama-axborot materiallari (reklama video-roliklari)ni tashqi reklama vositalariga joylashtirish orqali
1.8.3 Reklama va axborot materiallari (reklama plakatlari)ni savdo tarmoqlariga — "Pepsi" mahsulotlari sotiladigan joylarga joylashtirish orqali
1.8.4 Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlari sahifalariga reklama va axborot materiallarini joylashtirish orqali
1.8.5 Tashkilotchining rasmiy Saytiga ma’lumotlarni joylashtirish orqali
1.9. TASHKILOTCHI USHBU QOIDALARGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH HUQUQINI MAZKUR O‘ZGARISHLARNI https://pepsico.uz SAYTIDA MAJBURIY E’LON QILISH SHARTI BILAN O‘ZIDA SAQLAB QOLADI.
1.10. Ta’riflar:
Promo-mahsulot — Mahsulot — ushbu Qoidalarning 2.1-bandida tavsiflangan "Pepsi" 2 l. savdo belgisi (keyingi o‘rinlarda — TM) ostidagi promo-qopqoqli va promo-yorliqli qadoqdagi alkogolsiz gazlangan ichimlik.
Shuningdek, mahsulot — alkogolsiz gazlangan ichimlik TM "Mirinda" 1 l.
Promo-qopqoq — ichki qismida QR-kodli sariq qopqoq (bepul mahsulot yutib olinganda yoki "yana urinib ko‘r" yozuvi bo‘lsa (yutuq yo‘q bo‘lsa).
Promo-yorliq — Aksiyada qatnashish uchun qisqacha qoidalar ko‘rsatilgan promo-mahsulot yorlig‘i
Aksiya ishtirokchisi — ushbu Qoidalar talablariga javob bera oladigan va ushbu Qoidalarning 3.3-bandida belgilangan majburiyatlarni bajaruvchi jismoniy shaxsdir. Bir vaqtning o‘zida quyidagi mezonlarga javob bera oladigan shaxs Aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin: 16 (o‘n olti) yoshga to‘lgan, o‘z manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi, muomalaga layoqatli shaxs; O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va JSHSHIRga ega bo‘lgan shaxs.
Aksiya g‘olibi – ushbu Qoidalarning 3.3.3-qismida ko‘zda tutilgan Aksiya shartlarini bajaradigan Ishtirokchi.
QR-kod — ikki o‘lchovli shtrix-kod bo‘lib, uni mobil telefon kamerasi yordamida darhol aniqlab olish uchun ma’lumotlar mavjud. U qopqoqning ichki qismiga o‘rnatiladi va Mirinda 1 l.ni bepul olish huquqini beradi. Aksiya sovrinlari / Sovrinlar — Mirinda 1 l. shaklidagi bepul mahsulot
1.11. Aksiya rag‘batlantiruvchi lotereya emas, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan hech qanday to‘lovni talab etmaydi va riskka asoslanmagan.
1.12. Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.
1.13. Aksiyaning maqsadi: “International Beverages Tashkent” QK MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan va / yoki sotiladigan mahsulotlarga potensial xaridorlar e’tiborini jalb qilish, xususan, ushbu Shartlarning 2-bandida tavsiflangan mahsulotlar savdosini rag‘batlantirishdir.
1.14. Aksiyani o‘tkazish muddati Aksiyaning sovrin jamg‘armasi bilan cheklanadi. Aksiya sovrin jamg‘armasi tugaganidan so‘ng muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
2. AKSIYADA ISHTIROK ETAYOTGAN TOVARLARNING NOMI
2.1. Aksiya2 litr hajmdagi PET-qadoqda sotiladigan Alkogolsiz gazlangan TM "Pepsi" ichimligi va 1 litr hajmdagi PET-qadoqda sotiladigan TM "Mirinda" Alkogolsiz gazlangan ichimligi (keyingi o‘rinlarda aksiya mahsuloti deb yuritiladi)ga nisbatan o‘tkaziladi.
3. JISMONIY SHAXS RIOYA QILGANI HOLDA AKSIYA ISHTIROKCHISI BO‘LADIGAN SHARTLAR
3.1. Aksiyada faqat voyaga yetgan (16 yosh va undan katta), muomalaga layoqatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqiga ega bo‘lgan, Aksiya o‘tkaziladigan davrda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi shaxslar ishtirok etishi mumkin.
3.2. Quyidagi shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi: O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolari, Aksiya Tashkilotchisining xodimlari, ularning oila a’zolari, Aksiya Tashkilotchisi manfaatlarini ifodalovchi shaxslar, Aksiya tashkilotchisiga belgilangan tartibda aloqador deb topilgan shaxslar, Aksiya tashkilotchisi bilan fuqarolik va boshqa munosabatlarni o‘rnatgan hamda Aksiyani tashkil etish va / yoki o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi shaxslarning xodimlari va vakillari, shuningdek, ularning oila a’zolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqi bo‘lmagan boshqa davlatlar fuqarolari.
3.3. Aksiya ishtirokchisi bo‘lish va sovrin yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun Aksiya Davrida quyidagi xatti-harakatlarni bajarish kerak:
3.3.1 PET-qadoqdagi, promo-qopqoqli va promo-yorliqli Pepsi 2 l. alkogolsiz gazlangan ichimligini xarid qilish.
3.3.2 Qopqoq ostidagi kommunikatsiyani tekshirish
3.3.3 QR-kod mavjud bo‘lsa, qopqoqni eng yaqin do‘kondan PET-qadoqdagi bepul alkogolsiz gazlangan Mirinda 1 (bir) l. ichimligi ko‘rinishidagi aksiya mahsuloti (Aksiya Sovrini)ga almashtirish.
3.3.4 Sovrinlarni pul ekvivalentida berish / almashtirish mumkin emas.
3.3.5 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Tashkilotchi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
4. SOVRIN JAMGʻARMASINING TARKIBI VA HAJMI
4.1. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Tashkilotchi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va quyidagi sovrinlardan iborat: Alkogolsiz gazlangan PET-qadoqda sotiladigan TM "Mirinda" 1 l. ichimligi. 1 800 000 dona
4.2. Agar Aksiya yakunlangach, taqsimlanmagan Aksiya Sovrinlari qolgan bo‘lsa, Tashkilotchi bunday Sovrinlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan har qanday usulda tasarruf etishi shart.
5. MAXSUS SHARTLAR
5.1 Aksiyada ishtirok etish Aksiya Ishtirokchilarining ushbu Qoidalar bilan tanishganligi va to‘liq roziligini bildiradi.
5.2 Aksiyani o‘tkazish davrida Aksiya ishtirokchilarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘yicha Ishtirokchilar +998 71 200 07 77 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin (ushbu raqamga qo‘ng‘iroq uchun to‘lov Toshkent shahridagi telefon raqamlariga tegishli hududdan bo‘ladigan shaharlararo qo‘ng‘iroqlar tarifi bo‘yicha, agar qo‘ng‘iroq Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi telefon raqamidan amalga oshirilgan bo‘lsa, Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi ichki qo‘ng‘iroqlar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi). Murojaatlar dushanbadan yakshanbagacha soat 10:00 dan 22:00 ga qadar qabul qilinadi.
5.3 Agar Ishtirokchi ushbu Shartlar talablariga javob bermasa va / yoki ushbu Qoidalarda belgilangan Aksiyada ishtirok etish qoidalariga rioya qilmasa, Tashkilotchi Aksiya Sovrinini berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.4 Agar Aksiya Ishtirokchisi Pepsi Mahsulotlarining tegishli QR kodli promo-qopqoqlarini taqdim etishdan bosh tortsa, Tashkilotchi Aksiya Sovrinlarini bermaydi.
5.5 Aksiya Sovrinlarining sifatiga oid e’tirozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu sovrinlarni ishlab chiqaruvchiga bildirilishi kerak. Sovrinlarning bus-butunligi va funksional yaroqliligi Aksiya Ishtirokchilari tomonidan bevosita Aksiya Sovrinini olgach, darhol tekshirilishi kerak. Sovrin Aksiya Gʻolibiga topshirilganidan so‘ng Tashkilotchi Aksiya Sovrinidagi hech bir nuqson uchun javobgar bo‘lmaydi..
5.6 Aksiya Sovrinlari olingan paytdan boshlab, ularning egalari Aksiya mukofotining tasodifiy yo‘qolishi yoki shikastlanishi xavfi bilan bog‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
5.7 Aksiya lotereya yoki xavfga asoslangan boshqa bir o‘yin emas.
5.8 Reklama materiallaridagi sovrinlar tasvirlari real sovrinlarning ko‘rinishidan farq qilishi mumkin (rang, nisbatlar va hokazo).
5.9 Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilmagan barcha masalalarda Aksiya Tashkilotchisi va Aksiya Ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
Sed feugiat porttitor nunc, non dignissim ipsum vestibulum in. Donec in blandit dolor. Vivamus a fringilla lorem, vel faucibus ante. Nunc ullamcorper, justo a iaculis elementum, enim orci viverra eros, fringilla porttitor lorem eros vel.
ПРАВИЛА ПРОВЕДЕНИЯ И УСЛОВИЯ УЧАСТИЯ В
АКЦИИ «PEPSI - RAMADAN»
НА ТЕРРИТОРИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
1. ОБЩИЕ ПОЛОЖЕНИЯ
1.1. Организатором стимулирующей Акции, направленной на увеличение объемов продаж (далее по тексту – «Акция»), является ИП ООО «INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT»
1.2. Адрес Организатора: Республика Узбекистан, город Ташкент, Сергелийский район, улица Кум-Арик, 7 проезд, Кумарик МСГ, дом 3а (далее – «Организатор»)
1.3. Наименование Акции – «Pepsi - Ramadan»
1.4. Территория проведения Акции – Республика Узбекистан
1.5. Срок проведения Акции – с 01/03/2025 по 30/04/2025 (далее – «Период проведения Акции»)
1.6. Стать участником Акции можно в период с 01 марта 2025 года с 00 часов 00 минут 00 секунд по 30 апреля 2025 года до 23 часов 59 минут 59 секунд по времени г. Ташкент (далее по тексту – «Период приема заявок на участие в Акции»)
1.7. Официальные Правила проведения и условия участия в Акции (далее – «Правила») размещаются на веб-сайте https://pepsico.uz (далее – «Сайт»), а также информацию можно уточнить по номеру телефона горячей линии +998 71 200 07 77
1.8. Организатор информирует о проводимой Акции следующими способами:
1.8.1 Путем размещения информации на промо-этикетках
1.8.2 Путем размещения рекламно-информационных материалов (рекламные видео - ролики) на средствах наружной рекламы
1.8.3 Путем размещения рекламно-информационных материалов (рекламные плакаты) в торговых сетях – местах реализации продукции «Pepsi»
1.8.4 Путем размещения рекламно-информационных материалов на страницах социальных сетей Instagram и Telegram
1.8.5 Путем размещения информации на официальном Сайте Организатора
1.9. ОРГАНИЗАТОР ОСТАВЛЯЕТ ЗА СОБОЙ ПРАВО ВНОСИТЬ ИЗМЕНЕНИЯ В НАСТОЯЩИЕ ПРАВИЛА, С ОБЯЗАТЕЛЬНЫМ ОПУБЛИКОВАНИЕМ ТАКИХ ИЗМЕНЕНИЙ НА https://pepsico.uz
1.10. Определения:
Промо-продукт – Продукция – напиток безалкогольный газированный с Торговой Маркой (далее – TM) «Pepsi» 2л, описанная в статье 2.1. настоящих Условий с промо-крышкой и промо-этикеткой на упаковке, а также продукция - напиток безалкогольный газированный ТМ «Mirinda» 1л
Промо-крышка – крышка желтого цвета, содержащая на внутренней стороне QR – код (при выигрыше бесплатного продукта, либо с надписью «yana urinib ko'r» (при отсутствии выигрыша)
Промо-Этикетка – этикетка Промо-продукции с указанием кратких правил участия в Акции
Участник Акции – физическое лицо, соответствующее требованиям настоящих Правил и выполнившее обязанности, установленные разделом 3.3 настоящих Правил. Участником Акции может быть лицо, одновременно соответствующее следующим критериям дееспособное лицо, действующее в собственных интересах, достигшее возраста 16 (шестнадцать) лет; постоянно проживающее на территории Республики Узбекистан и имеющее ПИНФЛ
Победитель Акции - Участник, выполнивший условия Акции, предусмотренные разделами 3.3.3 настоящих Правил
QR - код – двухмерный штрихкод, предоставляющий информацию для быстрого её распознавания с помощью камеры на мобильном телефоне, размещенная на внутренней стороне крышки и дающее право на приобретение бесплатной Mirinda 1л
Призы Акции/Призы – бесплатный продукт в виде Mirinda 1л
1.11. Акция не является стимулирующей лотереей, участие в ней не связано с внесением платы Участниками и не основано на риске.
1.12. Участие в Акции не является обязательным.
1.13. Цель Акции: привлечение внимания потенциальных покупателей к продукции, произведенной и/или реализуемой ИП ООО «International Beverages Tashkent», а в частности стимулирование продаж продукции, описанной в статье 2 настоящих Условий.
1.14. Срок проведения Акции ограничивается призовым фондом Акции. Акция может быть завершена досрочно после исчерпания призового фонда Акции.
2. НАИМЕНОВАНИЯ ТОВАРОВ, ПРИНИМАЮЩИХ УЧАСТИЕ В АКЦИИ
2.1. Акция проводится в отношении
Безалкогольного газированного напитка ТМ «Pepsi», реализуемого в ПЭТ-упаковке объемом 2л и Безалкогольного газированного напитка ТМ «Mirinda» реализуемого в ПЭТ-упаковке объемом 1л (далее – Акционный продукт)
3. УСЛОВИЯ, ПРИ СОБЛЮДЕНИИ КОТОРЫХ ФИЗИЧЕСКОЕ ЛИЦО СТАНОВИТСЯ УЧАСТНИКОМ АКЦИИ
3.1. К участию в Акции допускаются совершеннолетние (16 лет и старше) дееспособные граждане Республики Узбекистан и лица, имеющие вид на жительство в Республике Узбекистан, постоянно проживающие на территории Республики Узбекистан в период проведения Акции
3.2. К участию в Акции не допускаются: несовершеннолетние граждане Республики Узбекистан, работники Организатора Акции, члены их семей, лица, представляющие интересы Организатора Акции, лица, признанные в установленном порядке аффилированными с Организатором Акции, работники и представители третьих лиц, имеющих установленные гражданскоправовые и иные отношения с Организатором Акции и связанные с организацией и/или проведением Акции, а также члены их семей, лица без гражданства и граждане других государств, не имеющие вида на жительство в Республике Узбекистан
3.3. Для того, чтобы стать участником Акции и получить возможность выиграть приз, необходимо выполнить следующие действия в Период Акции:
3.3.1 Приобрести напиток безалкогольный газированный Pepsi в ПЭТ-упаковке объемом 2л с промо-крышкой и промо-этикеткой
3.3.2 Проверить коммуникацию под крышкой
3.3.3 При наличии QR – кода обменять крышку в ближайшем магазине на акционный продукт (Приз Акции) в виде 1 (одного) бесплатного безалкогольного газированного напитка Mirinda в ПЭТ-упаковке объемом 1л
3.3.4 Призы не подлежат выдаче/замене в денежном эквиваленте
3.3.5 Призовой фонд Акции формируется за счет средств Организатора
4. СОСТАВ И РАЗМЕР ПРИЗОВОГО ФОНДА
4.1. Призовой фонд Акции формируется за счет средств Организатора, и состоит из следующих призов:
Безалкогольного газированного напитка ТМ «Mirinda» реализуемого в ПЭТ-упаковке объемом 1л в количестве 1 800 000 шт.
4.2. В случае если по завершению Акции остались нераспределенные Призы Акции, Организатор распоряжается такими Призами любыми способами, не противоречащими действующему законодательству Республики Узбекистан.
5. ОСОБЫЕ УСЛОВИЯ
5.1 Участие в Акции подразумевает ознакомление и полное согласие Участников Акции с настоящими Правилами.
5.2 По всем вопросам, возникающим у Участников Акции в период ее проведения, Участники могут обращаться на Горячий номер +998 71 200 07 77 (плата за звонок по данному номеру взимается по тарифу междугородних звонков соответствующего региона на телефонные номера г. Ташкента или, в случае, если звонок производится с телефонного номера г. Ташкента или Ташкентской области, по тарифам, установленным на внутренние звонки в г. Ташкенте или Ташкентской области) с понедельника по воскресенье с 10.00 до 22.00
5.3 Организатор оставляет за собой право отказать в выдаче Приза Акции, если Участник не соответствует требованиям настоящих Условий и/или не соблюдает правила участия в Акции, установленные настоящими Правилами.
5.4 Организатор не осуществляет выдачу Призов Акции в случае отказа Участника Акции предоставить промо-крышки Продукции «Pepsi» с соответствующими QR кодами.
5.5 Претензии относительно качества Призов Акции должны предъявляться непосредственно производителю этих призов. Целостность и функциональная пригодность Призов должна проверяться Участниками Акции непосредственно при получении Приза Акции. Организатор не несет ответственности за любые повреждения Приза Акции, возникшие после передачи Приза Победителю Акции.
5.6 С момента получения Призов Акции их обладатели несут риск случайной гибели или порчи Приза Акции.
5.7 Акция не является лотереей или иной основанной на риске игрой.
5.8 Изображения призов в рекламных материалах могут отличаться от вида реальных призов (цвет, пропорции и т. д.)
5.9 Во всем, что не предусмотрено настоящими Правилами, Организатор и Участники Акции руководствуются действующим законодательством Республики Узбекистан